Главная » 2022 » Сентябрь » 20 » Toshkentdagi ko‘prikda yuk mashinasi ag‘darildi
15:51

Toshkentdagi ko‘prikda yuk mashinasi ag‘darildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ko‘priklarning birida yuk mashinasi ag‘darilib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati hodisa haqida maʼlumot berdi.

Aniqlik kiritilishicha, bugun, 20 sentabr kuni taxminan soat 10:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasidagi ko‘prik ustida haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan V.A. boshqaruvidagi HOWO ZZ3 rusumli yuk avtomobilida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan vaqtida ko‘prik ustida boshqaruvni yo‘qotib, ko‘prikning chetki qismiga ag‘darilgan.

Oqibatda haydovchi V.A. “chap qo‘l tirsak sohasi ezilib yirtilgan jarohati” bilan shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mashinasi, Toshkentdagi, ko‘prikda, Yuk, ag‘darildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя