Главная » 2022 » Июль » 30 » Toshkentda Matiz yuk mashinasi bilan toʼqnashdi. Haydovchi vafot etdi
14:26

Toshkentda Matiz yuk mashinasi bilan toʼqnashdi. Haydovchi vafot etdi


Kecha, 29 iyul kuni Toshkentning Bektemir tumanida yuk mashinasi va Matiz toʼqnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Yoʼl-transport hodisasi soat 13:00 larda Bektemir tumani, Istiqlol koʼchasida yuz bergan. Haydovchi 2002 yilda tugʼilgan Sh.X. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, haydovchi 1992 y.t., D.D. boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan toʼqnashuv sodir etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, Matiz avtomashinasi haydovchisi belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirib, rulь boshqaruvini yoʼqotganligi sababli qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketib oʼz yoʼnalishida harakatlanib kelayotgan Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan toʼqnashgan.

YTH natijasida Matiz avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot, matiz, toʼqnashdi. Haydovchi, bilan, Yuk, mashinasi, Toshkentda, etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя