Главная » 2022 » Август » 6 » Jizzaxda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
10:42

Jizzaxda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi


Bugun, 6 avgust kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa soat 04:14 larda G‘allaorol tumani 4R avtomobil yo‘lining “Ko‘kgumbaz” MFY Qorong‘ul qishlog‘idan o‘tuvchi 30-km.da yuz bergan. 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro S.L. “Gazel” rusumli yuk avtomobilda “G‘allaorol-Jizzax” yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro J.I. boshqaruvidagi fura bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng, “Gazel”da yong‘in chiqqan.


Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun G‘allaorol tumani FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 04:31 da yong‘in joyiga yetib borgan va soat 04:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in natijasida har ikkala avtomobilining salon qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mashinasi, Jizzaxda, KETDI, Yuk, ikkita, yonib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя