Главная » 2021 » Июль » 21 » Toshkent ko‘chalarida «izg‘ib yurgan super GAI mashinasi» haqida rasmiy ma’lumot berildi
23:03

Toshkent ko‘chalarida «izg‘ib yurgan super GAI mashinasi» haqida rasmiy ma’lumot berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Poytaxt ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tracker» rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga o‘rnatilgan moslama aks etgan video lavha tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Yo‘llarda nazoratni ta’minlashda inson omilini cheklash, fuqarolar bilan muloqotni qisqartirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga mo‘ljallangan. Hozirda sinov tariqasida qo‘llanilib, tajribadan o‘tkazilmoqda. Tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: gai, mashinasi, izg‘ib, super | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя