Главная » 2022 » Сентябрь » 6 » Namanganda 12 yoshli qiz daryoga cho‘kib ketdi
12:31

Namanganda 12 yoshli qiz daryoga cho‘kib ketdi


Joriy yilning 16 avgust kuni Namangan viloyatining Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 12 yoshli qiz cho‘kib ketdi. U o‘rtoqlari bilan cho‘milish maqsadida borib, cho‘milish vaqtida cho‘kib ketgan.Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlum qildi.

Qizcha cho‘kkan kundan beri Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining suvda qutqaruv-qidiruv guruhi suv ostida qidiruv olib boryapti. Bundan tashqari, Norin, To‘raqo‘rg‘on, Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar hodimlari va ko‘ngilli fuqarolar bilan birgalikda suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ammo hozircha qizchani topishga muvaffaq bo‘linmagan.

Viloyat FVB ota-onalardan farzandlarini cho‘milish taqiqlangan joylarda cho‘milishiga ruxsat bermaslikni so‘ragan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yoshli, Namanganda, 12, KETDI, cho‘kib, daryoga, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя