Главная » 2022 » Август » 5 » Qibrayda ikki bola kanalda cho‘kib ketdi
16:09

Qibrayda ikki bola kanalda cho‘kib ketdi


Joriy yilning 1 avgust kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida ikki nafar 17 yoshli bola “Bo‘z-su” kanaliga cho‘kib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi QALAMPIR.UZ’ga maʼlum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, 1 avgust kuni Qibray tumani “Fayzobod” MFY hamda “Mirzo Ulug‘bek” MFYda istiqomat qilgan 17 yoshli bolalar tumanning “Ahillik” MFY O‘zbekiston ko‘chasidan oqib o‘tgan “Bo‘z-su” kanaliga cho‘milish maqsadida borib, extiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.

Zudlik bilan voqea joyiga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarining beshinchi kuni, 5 avgust soat 09:30 lar atrofida ulardan birining jasadi ushbu kanalning Toshkent shahar hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan. 

Ayni vaqtda qidiruv ishlari davom etmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ikki, cho‘kib, Qibrayda, KETDI, Bola, kanalda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя