Главная » 2022 » Август » 13 » Toshkentda 70 yoshli ayol kanalga tushib ketdi
15:23

Toshkentda 70 yoshli ayol kanalga tushib ketdi


Toshkent shahridagi “Qora qamish” kanalida oqib ketayotgan 70 yoshli ayol qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kecha, 12 avgust kuni taxminan soat 10:30 lar atrofida Yunusobod tumani hududida tuman FV bo‘limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda Qora qamish ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Qora qamish” kanalida 70 yoshli ayol suvda yordam so‘rab, oqib ketayotganini ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, qutqaruvchilar ayolni suvdan olib chiqqan. 

Maʼlum bo‘lishicha fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. 

Hozirda fuqaroning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan. 

“Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ariqlar, kanallar, daryolar va boshqa suv xavzalari yaqinida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ayol, tushib, KETDI, yoshli, Toshkentda, 70, kanalga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя