Главная » 2023 » Май » 27 » Samarqandda daryoga cho‘kib ketgan bolalarning murdasi topildi
13:15

Samarqandda daryoga cho‘kib ketgan bolalarning murdasi topildi


Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgan voyaga yetmagan 2 nafar bolaning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuroratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

“Og‘ir judolikka uchragan marhumlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi daryoga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketgan. Qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: cho‘kib, daryoga, Bolalarning, topildi, ketgan, Samarqand, murdasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя