Главная » 2021 » Февраль » 5 » “U halol, toza va halovati yo‘q odam” – Shavkat Mirziyoyev Shuhrat G‘aniyev haqida
17:21

“U halol, toza va halovati yo‘q odam” – Shavkat Mirziyoyev Shuhrat G‘aniyev haqida


Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

“G‘aniyev kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. U bosh vazir bo‘lgan paytimdan beri yonimda yuribdi. Uning eng katta buyuk fazilati bor, u halol, toza va halovati yo‘q odam. U o‘zini yuz foiz ishga bag‘ishlagan. Farg‘ona xalqining og‘ir, sinovli kunlarida juda katta ish qildi, o‘zini ko‘rsatdi. Farg‘onada qattiqqo‘lligi, bilimi bilan viloyat rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uni Farg‘onadagi tajribasi, halolligini inobatga olib, mamlakatdagi eng og‘ir soha – qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ullardan biri qilib tayinladim. U talabchanligi, qattiqqo‘lligi va halovati bilan eng og‘ir sohada ham ijobiy o‘zgarishlar qilishiga ishonaman”, — dedi davlat rahbari.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Shuhrat G‘aniyev, Shavkat Mirziyoyev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя