Главная » 2021 » Март » 3 » Shavkat Mirziyoyev aholi ehtiyoji uchun qancha uy-joy qurish kerakligini aytdi
19:04

Shavkat Mirziyoyev aholi ehtiyoji uchun qancha uy-joy qurish kerakligini aytdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasida selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

Davlat rahbari bajarilgan ishlarga to‘xtalib o‘tarkan, qurilgan uy joylar ehtiyoj uchun yetarli emasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«O‘tgan 4 yilda davlat dasturlari asosida 140 ming yoki yiliga o‘rtacha 35 mingdan uy-joylar barpo etilgan bo‘lib, bu oldinlari yiliga qurilgan o‘rtacha uy-joydan 4-5 baravar ko‘p, degani. Biz avvallari buncha uy qurishni hayolimizga ham keltirmas edik.

Lekin, shu ham yetarli emas!

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurishimiz kerak», — dedi Prezident.

Shu bilan birga Shavkat Mirziyoyev loyiha va qurilish sifatini oshirish, sohani mablag‘ bilan ta’minlash hamda halol-pok ishlatish va malakali mutaxassislar tayyorlashdagi muammolar yechimini topish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Shavkat Mirziyoyev, uy-joy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя