Главная » 2017 » Апрель » 21 » Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi
09:19

Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi


Toshkent shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda “Qalampir.uz” manbasi saytimizga axborot berganidan so‘ng, to‘liq ma’lumot olish maqsadida Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Xayrullaevich Abdurahimovga murojaat qildik.

Prokuror o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 6 aprel kuni sodir bo‘lgan. Tasdiqlanishicha, Toshkent shahar Olmazor tumani 196-maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ygan.

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, 2001 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs ruhiy kasal edi. Unda autizm kasalligiga moyillik bo‘lgani aytiladi.

Ayni damda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga qaraganda, marhum 196-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanida 36-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun istisoslashgan maktabda tahsil olgan. Uning imkoniyati cheklangan bolalar maktabidan umumiy o‘rta ta’limga qanday qilib o‘tib qolgani hozircha noma’lum. Prokurorning ta’kidlashicha, o‘quvchi doimiy ravishda maktab psixologi nazoratida bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilning o‘n ikki oyi davomida Toshkent shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlangan. 2017 yilning birinchi choragida esa 2 ta holat qayd etilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq holat 5 tani tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 129-sonli buyrug‘iga asosan, voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq holatlarning har biri nazoratga olinib, Bosh prokuraturaga zudlik bilan maxsus xabarnoma jo‘natiladi.

Qamariddinn Shayxov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Homiladorlik, qosh terish, soch qirqish, vanna qabul qilish, mumkin emasmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя