Главная » 2016 » Декабрь » 1 » Homiladorlikda uyqusizlik bezovta qilsa…
20:22

Homiladorlikda uyqusizlik bezovta qilsa…


Homiladorlikning ikkinchi uchoyligiga kelib, estrogen gormonitufayli asabiylashish va qo‘rquv hissi paydo bo‘lishi, shu sababliuyqusizlik kuzatilishi mumkin. Bunday nozik pallada dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shuning uchun quyidagiqoidalarga rioya qilishni maslahat beramiz.

1.     Bir vaqtda uxlab, bir vaqtda uyg‘onishga odatlaning. hattoki dam olish kunlari ham bu qoidaga rioya eting.

2.     Har kuni 20-30 daqiqani kechki sayrga bag‘ishlang.

3.     Homiladorlik vaqtida, soat 19:00dan so‘ng aqliy va jismoniy toliqtiradigan ishlarni bajarmaslikka harakat qiling.

4.     Kunduzi uxlamang! O‘z vaqtida bu odatdan voz keching.

5.     Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning. Iloji boricha kechki taomni me’yorida istemol qiling. Qorinning to‘q bo‘lishi ham uyqusizlikka olib keladi.

6.     Yotoqxonadagi qulay muhit tiniqib uxlashining garovi hisoblanadi. Shuning uchun kompyuter va televizorni boshqa xonaga olib chiqib qo‘ying.

7.     Tiniqib dam olishingiz uchun homiladorlarga mo‘ljallangan maxsus yostiqlar ham ko‘maklashishi mumkin.

8.     Tug‘ruqdan oldingi qo‘rquv va hadikdan xalos bo‘lish uchun esa qiziqarli mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Masalan, rasm chizish, to‘qish va shunga o‘xshash chalg‘ituvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning. Shunda toliqqan asablar bo‘shashib, uyqu yaxshilanadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Uyqusizlik, Homiladorlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя