Главная » 2020 » Апрель » 14 » Karantinda tish og‘rig‘i, homiladorlik va boshqa shoshilinch vaziyatlarda mashinadan foydalanish mumkinmi?
18:43

Karantinda tish og‘rig‘i, homiladorlik va boshqa shoshilinch vaziyatlarda mashinadan foydalanish mumkinmi?


Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Karantin vaziyatida stomatologiya xizmatlaridan qayerda foydalansa bo‘ladi? Hozirda barcha stomatologiyalar yopiq. Tuman tibbiyot birlashmasiga borish uchun mashina kerak. Nima qilish mumkin?

Tishim yallig‘langan. Kasalxonaga piyoda borishim kerak. Postdagi xodimlarga isbot uchun tishimni ko‘rsatamanmi?

Javob: Bunday vaziyatlarda Tez tibbiy yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Savol: Shoshilinch tibbiy vaziyatlarda shaharda shaxsiy avtomobilda qanday harakatlanish mumkin? Tanishimning chaqalog‘ida paraproktit kasalligi bor. Ertaga SamPI kasalxonasiga yotishi zarur. Ular ming xavotirda o‘z mashinasida borishmoqchi. Har bir to‘xtatgan postga chaqaloq yarasini ko‘rsatishi kerakmi?

Javob: Paproktit Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra ruxsat berilgan vaziyatlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Demak, siz shaxsiy mashinangizda harakatlana olmaysiz. Tez tibbiy yordam xizmatini chaqirishingiz mumkin.

Savol: Oila boshi shifokorni uyidan olib kelib, operatsiyadan so‘ng yana uyiga olib borib qo‘yishi kerak. Bunday vaziyatda nima qilish mumkin?

Javob: Shifokorni olib kelish va olib borib qo‘yish taqiqlanadi. Siz hududiy poliklinikaga qo‘ng‘iroq qilishingiz zarur va ular shifokor kelib-ketishini tashkillashtiradi.

Savol: Homilador ayol kesarcha kesish bilan tug‘ishi kerak. U “Risovoy“da shifokor nazoratida bo‘lgan, lekin Chilonzorda yashaydi. Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilsak, faqat dard boshlanganda kelishlarini aytishdi. Nazoratida bo‘lgan shifokorga borish uchun qanday yo‘l tutish kerak?

Javob: Sizning vaziyatingizda, homiladorlikda tez tibbiy yordam mashinasini chaqirishingiz mumkin. Shoshilinch vaziyatda shaxsiy avtotransportingizdan foydalansangiz bo‘ladi.

Asos — Respublika maxsus komissiyasining qarorida keltirilgan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq vaziyatlarda shaxsiy avtomobildan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi band.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tish og‘rig‘i, Homiladorlik, Karantinda, mashinadan, foydalanish mumkinmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя