Главная » 2022 » Август » 5 » Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi
16:05

Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi


Kecha, 4 avgust kuni Toshkentning Yunusobod tumanida haydovchi Lacetti rusumli avtomobilda piyodani urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH 4 avgust kuni soat 00:30 larda Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida yuz bergan. haydovchi 1997 yilda tug‘ilgan O.M. “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Y 777 RA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda 1992 yilda tug‘ilgan D.F. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot, Lacetti, urib, Toshkentda, piyoda, yuborgan, etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя