Главная » 2022 » Август » 25 » Jizzaxda 44 yoshli piyoda Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi
14:58

Jizzaxda 44 yoshli piyoda Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi


Jizzaxda Cobalt rusumli avtomobil yo‘lning belgilanmagan qismida o‘tayotgan 44 yoshli piyodani urib ketdi. Oqibatda piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 20 avgust kuni soat 23:54 atrofida Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi shaxs Cobalt’ni Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotganda, 1978 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Aniqlanishicha, piyoda yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati bilan shifoxonaga olib kelingan. Biroq u ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yuborishi, vafot, 44, oqibatida, yoshli, etdi, Cobalt, Jizzaxda, urib, piyoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя