Главная » 2022 » Июль » 30 » Ser Аleks Fergyuson “Yunayted”ga qaytdi
19:48

Ser Аleks Fergyuson “Yunayted”ga qaytdi


Аngliyaning “Manchester Yunayted” klubi ijrochi direktori Richard Аrnolьd jamoaning afsonaviy bosh murabbiyi Ser Аleks Fergyusonga murojaat qilganidan soʼng, mutaxassis MYuga qaytdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga koʼra, Fergyusondan tashqari, “Yunayted”ning sobiq bosh direktori Devid Gill, “qizil iblislar”ning mashhur sardori Brayan Robson va hozirgi sport direktori Jon Mertof ishtirokida tadqiqot markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz Manchester klubining rivojlanishi uchun oʼz hissasini qoʼshadi.

Nashrning yozishicha, endilikda afsonaviy murabbiy 2013 yilda “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan ketganidan beri ilk bor klub boshqaruvida yana katta taʼsirga ega boʼladi.

Qayd etish kerak, “Yunayted”ning sobiq bosh direktori Ed Vudvord davrida Fergyuson ramziy direktor maqomida boʼlgan. “Qizil iblislar”ning amaldagi rahbari Аrnolьd esa shotlandiyalik murabbiyning tajribasidan unumli foydalanish kerakligini yaxshi tushunadi. 

Maʼlumot uchun, Аleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ni 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan va 38 ta sovrin qoʼlga kiritgan. Uning yutuqlari orasida 13 marta Аngliya chempionligi va 2 marta Yevropa Chempionlar ligasi gʼolibligi ham bor.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Fergyuson, Ser, qaytdi, “Yunayted”, ga, Аleks | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя