Главная » 2022 » Октябрь » 5 » Ilon Mask Twitterʼni sotib olish fikriga qaytdi
11:26

Ilon Mask Twitterʼni sotib olish fikriga qaytdi


Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi vakillariga platformani sotib olishni ikkinchi bor taklif qildi. Tadbirkor shu mazmunda ijtimoiy tarmoq rahbariyatiga xat yoʻllagan.

Maʼlum boʻlishicha, milliarder har bir aksiya uchun 54,2 AQSh dollari miqdorida boshlangʻich narx taklif qilmoqda. Biroq, kompaniya va tadbirkorning rasmiy vakillari ushbu maʼlumotni tasdiqlashmagan.

Ilon Maskning bitimni qayta tiklash niyatida ekanligi haqidagi xabarlar Twitterʼning Maskka qarshi daʼvosi koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan sud majlisi oldidan paydo boʻlgan.

Kompaniya rasmiylari milliarderdan xaridni amalga oshirishni talab qilishmoqda. Sud majlisi 17 oktyabr sanasiga rejalashtirilgan.

Bitimning qayta tiklanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin Twitter aksiyalari narxi 12 foizga qimmatlashgan.

Eslatib oʻtamiz, milliarder Ilon Mask Twitterʼni 44 milliard AQSh dollari evaziga sotib olish rejasi haqida joriy yilning aprel oyida maʼlum qilgandi. Iyul oyining boshlariga kelib tadbirkor oʻz fikridan voz kechgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olish, mask, fikriga, Twitterʼni, ilon, sotib, qaytdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя