Главная » 2022 » Август » 17 » Ilon Mask “Manchester Yunayted”ni sotib olish haqida aytib, keyin fikridan qaytdi
14:39

Ilon Mask “Manchester Yunayted”ni sotib olish haqida aytib, keyin fikridan qaytdi


Amerikalik tadbirkor, muhandis va milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqlarda kutilmaganda Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi egasi boʻlish niyatini maʼlum qildi.

“Men “Manchester Yunayted”ni sotib olaman, xush kelibsiz!”, – deb yozgan Mask Twitterʼda.

Soʻngra, unga “Rostdanmi?”, – deb savol berilganda u “Yoʻq, men hech qanday sport klubini sotib olmayman”, – deb javob bergan.

Eslatib oʻtamiz, 2005-yilning may oyida amerikalik biznesmen Malkolm Gleyzer “Manchester Yunayted”ning qariyb 1,47 milliard dollarlik nazorat paketini olgan edi. Bir necha kundan soʻng u oʻz ulushini 75 foizga oshirdi, bu klub ustidan toʻliq nazoratni qoʻlga kiritish uchun zarur edi.

Maʼlumot oʻrnida, Angliya chempionatining joriy mavsumida “Manchester Yunayted” yangi bosh murabbiy Erik ten Xag boshchiligida ketma-ket ikkita magʻlubiyat – “Brayton” (1:2) va “Brentford” (0:4) qarshi qayd etdi. “Qizil iblislar” turnir jadvalida oxirgi, 20-oʻrinda borishmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Yunaytedni, ilon, fikridan, haqida, sotib, keyin, olish, Manchester, mask, qaytdi, aytib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя