Главная » 2017 » Март » 28 » Ronaldu joriy mavsumda Messidan ko‘proq pul ishladi
10:10

Ronaldu joriy mavsumda Messidan ko‘proq pul ishladi


Fransiyaning mashhur France Football nashri 2016/17 yilgi mavsumda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxat futbolchining maoshi, bonuslari va reklamadan tushadigan daromadini inobatga olgan holda tuzilgan.

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda 87,5 mln yevro ishladi va reytingda yetakchilikni qo‘lga oldi.

Ikkinchi o‘rin “Barselona” klubi va Argentina termasi hujumchisi Lionel Messiga nasib qildi. U joriy mavsumda 76,5 mln yevro daromad qildi. “Barselona”ning yana bir a’zosi – braziliyalik iqtidorli hujumchi Neymar 55,5 mln yevro bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

Quyida eng ko‘p daromad topgan beshta futbolchi bilan tanishib oling.

2016/17 yilgi mavsumning eng serdaromad futbolchilari TOP-5

1. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 87,5 mln yevro

2. Lionel Messi (“Barselona”) – 76,5 mln yevro

3. Neymar (“Barselona”) – 55,5 mln yevro

4. Garet Beyl (“Real”) – 41 mln yevro

5. Esekiel Lavessi (“Xebey Chayna Forchun”) – 28,5 mln yevro


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: joriy mavsumda, Ronaldu, pul ishladi, ko‘proq, messi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя