Главная » 2022 » Август » 13 » Ronaldu va Messi yo‘q. Yevropada yilning “Eng yaxshi o‘yinchi”si unvoni uchun nomzodlar aniq bo‘ldi
12:21

Ronaldu va Messi yo‘q. Yevropada yilning “Eng yaxshi o‘yinchi”si unvoni uchun nomzodlar aniq bo‘ldi


Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 2021-2022 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun atalgan sovringa daʼvogarlarni eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan mukofotga nomzodlar bilan tanishing:

Karim Benzema (“Real Madrid”/Fransiya terma jamoasi);

Tibo Kurtua (“Real Madrid”/Belgiya);

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”/Belgiya).

Polshalik hujumchi Robert Levandovski ham kuchli uchlikka kirishga juda yaqin kelgan. Biroq Robert reytingda to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalangan. Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich kuchli beshlikka yakun yasab bergan. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kuchli 15 talikka ham kiritilmagan.

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga daʼvogar uch nafar nomzod:

Karlo Anchelotti (“Real Madrid”);

Yurgen Klopp (“Liverpul”);

Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”).

Qayd etish kerakki, yilning eng yaxshi murabbiyiga topshiriladigan sovringa asosiy daʼvogar “Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda “los blankos” bilan birgalikda Yevropa Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida zafar quchgan.

G‘oliblar murabbiylar va sport jurnalistlarining bergan ovozlari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Maʼlumot uchun, mukofotlarni topshirish marosimi shu yilning 25 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, uchun, yaxshi, nomzodlar, yo‘q, aniq, Yilning, bo‘ldi, messi, VA, eng, unvoni, o‘yinchisi, Yevropada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя