Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Qaynona Kelinlarni teng ko‘rmasa...
18:16

Qaynona Kelinlarni teng ko‘rmasa...


— Qaynona ikki kelinni birdek ko‘rmasdan ularni ajratishiga, biridan birini ustun qo‘yishiga (uy yumushlarida ham) dinimizda qanday hukm bor?

 Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o‘g‘li javob beradi.

 — Dinimiz doimo odamlarga adolat bilan muomala qilishga buyuradi. Hatto bir kishini qaysidir xulqini yomon ko‘rsak ham yoki shaxsi bizlar uchun yoqimsiz bo‘lgan taqdirda ham unga muomala qilayotganda haq-huquqlariga rioya qilib, adolat bilan muomala qilish lozim. Kimnidir yomon ko‘rishimiz uning haqqini poymol etib, adolatsizlikka yo‘l qo‘yishimizga sabab bo‘lolmaydi. Qur’oni karimning ko‘p oyatlarida adolat qilishga buyuriladi. Jumladan, Moida surasining 8-oyatida: «Adolat qilingiz! Zero, bu taqvoga yaqindir», deya marhamat qilinadi. Tafsir ulamolari ushbu oyati karimani sharhlar ekanlar: ya’ni «Ey mo‘minlar kim bo‘lishidan qat’i nazar — xoh u do‘stingiz bo‘lsin, xoh dushmaningiz bo‘lsin — barcha insonlarga adolat bilan muomala qilingiz! Zulm qilmangiz!» deya ma’no berganlar. Payg‘ambarimiz(sollallohu alayhi va sallam) ham doimo adolatga chaqirganlar, o‘zlari ham odamlarga shunday muoamala qilganlar. Ul zot (sollallohu alayhi va sallam) hatto farzandlar o‘rtasida ham adolat qilishga buyurganlar. Jumladan, bir muborak hadislarida: «Allohdan qo‘rqingiz va bolalaringiz o‘rtasida adolat qilingiz!» deganlar.

     Yuqorida zikr qilinganlardan oydinlashadiki, hamma bir-biriga adolat bilan muomala qilishi lozim. Qaynona kelinlarining birini past, boshqasini baland ko‘rishi va shunga ko‘ra biriga yaxshi, ikkinchisiga yomon muomala qilishi durust emas. Balki, bu zulmning bir turiga kiradi.

Muxlis.uz saytidan olindi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Kelin, Qaynona, Qaynona Kelin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя