16:42 "Onam og‘ir ahvolda": Alisher Uzoqovning instagramdagi sahifasi xakerlar hujumiga uchradi (FOTO) | |
Taniqli aktyor Alisher Uzoqovning instagramdagi sahifasi xakerlar hujumiga uchradi. Gap shundaki, aktyorning sahifasida "onasi og‘ir ahvolda ekanligi va unga pul kerakligi" yozilgan post paydo bo‘ldi. Matn ostida esa plastik raqamlar ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu xakerlarning ishi va maqsad — pul ishlash. Alisher Uzoqovning onasi Shohida Uzoqova esa Yaratganga shukrki, soppa-sog‘.
Manba: "aniq.uz"
| |
|