Главная » 2021 » Сентябрь » 9 » Farzandlariga meros qoldirishni istamaydigan yulduzlar (foto)
16:05

Farzandlariga meros qoldirishni istamaydigan yulduzlar (foto)


Aksariyat mashhurlar muvaffaqiyatga qiyinchilik bilan erishgani uchun farzandlarini ham shu tarzda tarbiya qiladi. Ular millionlab pulini xayriya ishlariga sarflaydi. Bolalariga katta miqdorda meros qoldirmaslikka qaror qilsa-da, ulariga chin dildan yordam berishga tayyor.

Deniyel Kreyg

Deniyeldan ikki qiziga qoldiradigan merosi haqida ko‘p so‘rashadi. Aktyor Candis jurnaliga bergan intervyusida bolalariga ko‘p pul qoldirmoqchi emasligini aytib o‘tgan. “Mening falsafam — puldan qutulish yoki ketishidan oldin ishlatish”.

Gordon Ramzi

Mashhur oshpaz Telegraph’ga shunday deydi: “Ular mening pulimni olmaydi va bu umuman yomon narsa emas. Men rafiqam Tana Bilan rozi bo‘lgan yagona narsa shundaki, ular kvartiraning 25 foizini oladi, lekin hammasini emas! So‘nggi 15 yil ichida o‘z kasbimni topganimdan baxtiyorman. Rostini aytsam, men boylik orttirdim va omadliman, shuning uchun ham bor narsamni hurmat qilaman”.

Jeki Chan

“Agar odam qobiliyatli bo‘lsa, o‘zi pul topadi. Aks holda, u pulni behuda sarflaydi”, — deydi aktyor NewsAsia nashriga.

Elton Jon

Elton Jonning boyligi 500 million dollarga baholanmoqda. Devid Furnish bilan birgalikda ular egizak o‘g‘illarni tarbiyalamoqda. “Bolalarga oltindan qoshiq berish juda qo‘rqinchli. O‘g‘il bolalar aql bovar qilmaydigan hayot kechiradi. Ammo ular pulga ham, ishga ham hurmat bilan qarashi kerak ”, — deydi Jon Daily Mirror nashriga bergan intervyusida.

Mila Kunis va Eshton Kutcher

“Oxir-oqibat, pulimizni xayriya ishlariga sarflaymiz. Bolalar haqiqatan ham imtiyozli hayot kechiradi va ular bu haqda hatto bilmaydi. Agar bolalarim biznes qilishni xohlasa va agar ular yaxshi biznes-reja tuzsa, bunga sarmoya kiritamiz, lekin ular meros olmaydi”, — deydi juftlik.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: meros, farzandlariga, (Foto), yulduzlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя