Главная » 2022 » Сентябрь » 17 » Xakerlar o‘zbek bankiga hujum qilib, o‘g‘irlik qildi
17:03

Xakerlar o‘zbek bankiga hujum qilib, o‘g‘irlik qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda InFinBank’ga xaker hujum qilgani va pul mablag‘larini o‘g‘irlagan haqida xabarlar tarqatilmoqda. Bank holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-5 sentyabrʼ kunlari bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan  InFinBank’da o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga valyuta mablag‘larini o‘tkazishga va shu kunlarning o‘zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o‘zlashtirishga uringanlar.

Hozirda jinoiy guruhning aʼzolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ishlatilgan va o‘zlashtirilgan mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda.

Bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda ko‘rsatilgan summalar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini surishtiruv, tergov va undiruv harakatlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot va axborotlar berilishini taʼkidlagan

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qilib, HUJUM, o‘g‘irlik, bankiga, Xakerlar, qildi, O‘zbek | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя