Главная » 2017 » Март » 6 » O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga yetib keldi
13:14

O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga yetib keldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

“Turkmanistonda Prezidentimiz tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgani har qadamda sezilib turibdi. Shahar ko‘chalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, o‘zbek va turkman tillaridagi qutlov so‘zlari bilan bezatilgan”, — deyiladi xabarda.

Dasturdan ikki tomonlama muzokaralar, madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Turkmaniston, O‘zbekiston Prezidenti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя