Главная » 2023 » Июль » 11 » Turkmanistonda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi – OAV
18:54

Turkmanistonda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi – OAV


Turkmanistonda qurolli davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida Turkmaniston maxsus xizmatlari qurolli to‘ntarishga urinishni to‘xtatib, asosan Mari viloyatidan bo‘lgan 20 nafar turkman fuqarosini qo‘lga olgan. Hozirda gumondorlar hibsda.

Qayd etilishicha, to‘ntarish ishtirokchilari orasida mamlakatning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri, sobiq prezident Saparmurod Niyozov o‘limidan keyin qamoqqa tashlangan va o‘sha yerda vafot etgan Payzigeldi Meredovning o‘g‘li Botir Meredov bo‘lgan.

Bundan tashqari, Turkmaniston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Axmet Xojatov ham qo‘lga olingan. Xojatov 2018 yilning dekabr oyida ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Mari viloyati Ichki ishlar boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Manbalar so‘nggi kunlarda Turkmanistonda internetning ommaviy bloklanishiga qurolli fitna haqidagi ma’lumotni yashirish sabab bo‘lganini da’vo qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: to‘ntarishiga, bo‘ldi, Turkmaniston, davlat, OAV, urinish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя