22:02 Internet foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p tashrif buyuriladigan veb-saytlar reytingi e’lon qilindi | |
«Visual Capitalist» dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p tashrif buyuriladigan 50 ta veb-saytlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, kuchli 5 quyidagilardan iborat bo‘ldi (oylik muddat hisobida): 1. Google - 92,5 mlrd. 2. YouTube - 34,6 mlrd. 3. Facebook - 25,5 mlrd. 4. Twitter - 6.6 mlrd. 5. Wikipedia - 6.1 mlrd. Ta’kidlanishicha, “Google”da yiliga 2 trillionga yaqin qidiruv so‘rovlari kuzatiladi. Platforma foydalanuvchilari har kuni o‘rtacha 34 daqiqa vaqtini “Facebook”da o‘tkazadi. 2001 yilda Larri Sanger va Jimmi Uels tomonidan yaratilgan «Vikipediya» Internet-entsiklopediyasida 50 milliondan ortiq maqola joylashtirilgan. Saytning ingliz tilidagi maqolalarining muhim qismi uchun faqat bir kishi javobgardir. 2017 yilda Stiven Pruitt "Time" jurnali tomonidan 3 milliondan ortiq tahrir va Vikipediyaning 35.000 sahifalarini yozgani uchun "Internetdagi eng nufuzli insonlar" qatoriga kiritilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|