Главная » 2022 » Сентябрь » 7 » Burak O‘zchivit O‘zbekistonga tashrif buyuradi
12:15

Burak O‘zchivit O‘zbekistonga tashrif buyuradi


Mashhur turkiyalik aktyor Burak O‘zchivit O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.

“Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining yulduzli mehmonlaridan biriga aylanadi. U Turkiya delegatsiyasi tarkibida Toshkentga tashrif buyuradi va boshqa turk aktyolari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. Joriy yilning 15-sentyabr kuni Forumlar saroyida tantanali ravishda ochiladigan “Turk kinosi kunlari” shular jumlasidandir.

Turkiya delegatsiyasi Toshkentda bir qator filmlar namoyishini o‘tkazib, 16-sentyabr kuni Urganch shahriga jo‘nab ketadi va u yerda ham 2 kun davomida o‘z filmlarini namoyish etadi.

Burak O‘zchivit “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi”, “Choliqushi”, “Qurilish: Usmon” seriallaridagi rollari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan”,- deyiladi xabarda.

“Toshkent shahar hokimligiga turk seriallari yulduzlarining kinofestivalga kelishini tashkil qilganligi uchun ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ishonchim komilki, ularning tashrifi ko‘plab muxlislarni quvontiradi,”– dedi Toshkent xalqaro kinofestivalining bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Burak, O‘zbekistonga, buyuradi, tashrif, O‘zchivit | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя