Главная » 2022 » Июль » 29 » Mirziyoev soʼnggi 3 yilda mobil internet narxi qanchaga arzonlashganini aytdi
19:30

Mirziyoev soʼnggi 3 yilda mobil internet narxi qanchaga arzonlashganini aytdi


Soʼnggi uch yilda Oʼzbekistonda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-oʼringa koʼtarildi (68-oʼrindan). Bu haqda Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot chogʼida maʼlum qildi.

“Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori boʼlgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv oʼtkazish uchun keldim.

Biz bugun birgalikda yechimlarini topadigan masalalar butun Oʼzbekiston yoshlarining IT sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivatsiya berishiga ishonaman”, dedi davlat rahbari.

Mirziyoevning soʼzlriga koʼra, dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda bu sohaning oʼsish surʼatlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetadi.

“Biz ushbu bozorda mustahkam oʼrin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga soʼnggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar yoʼnaltirildi.

Bundan uch yil oldin IT parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik", deydi Prezident.

Buning hisobiga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlangan. Shu bilan birga, oʼzini oʼzi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga oʼsib, 43 mingga yetgan.

Joriy yilning oʼzida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshgan.

“Soʼnggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-oʼringa koʼtarildik (68-oʼrindan). 

IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga oʼsdi.

Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar oʼrtasida trendga aylandi", deydi Mirziyoev.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mirziyoev, narxi, Mobil, aytdi, soʼnggi, Internet, arzonlashganini, 3 yilda, qanchaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя