Главная » 2022 » Август » 6 » Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiy uchrashishi uchun sharoit qilib bermoqchi
19:19

Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiy uchrashishi uchun sharoit qilib bermoqchi


Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qildi. Bu haqda uning o‘zi kecha, 5 avgust kuni Sochidagi tashrifini yakunlab, mamlakatiga qaytishi chog‘ida jurnalistlarga aytib o‘tgan. 

“Men ham Ukraina inqirozi muzokaralar stolida hal qilinishiga qatʼiy ishonaman. Men yana bir bor janob Putinga uning janob Zelenskiy bilan uchrashuvini tashkillashtirib berishimiz mumkinligini eslatdim”, deydi Turkiya rahbari. 

Shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiya Qora dengizdagi qo‘shnisi Rossiya bilan barcha sohalarda muloqotni rivojlantirishda davom etishini taʼkidladi.

“Sochidagi uchrashuvlarimiz mintaqamiz, ayniqsa Turkiya va Rossiya uchun foydali bo‘lishini Xudodan tilayman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an to‘rt soatdan ko‘proq suhbatlashdi. Ikki davlat yetakchisi uchrashuv chog‘ida Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, Ukraina inqirozi, Qorabog‘dagi vaziyat, Suriyadagi holatni muhokama qildi.

Shuningdek, ular Turkiyaga yetkazib berilayotgan gaz uchun to‘lovni qisman rublga o‘tkazish masalasida ham kelishuvga erishdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Putin, Erdo‘g‘an, Zelenskiy, qilib, bermoqchi, VA, sharoit, Uchun, uchrashishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя