Главная » 2020 » Август » 5 » Yangi o‘quv yilida ta’lim qanday shaklda davom etadi?
17:49

Yangi o‘quv yilida ta’lim qanday shaklda davom etadi?


Yangi o‘quv yilida ta’lim qanday shaklda davom etadi? Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova bu masalaga oydinlik kiritdi.

"Xalq ta’limi vazirligi o‘z vakolatidan kelib chiqib o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy taklif qilmoqda: 

Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, bolalardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettiriladi.
Gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Faoliyat ma’lum bir hudud va maktabdagi karantin holatidan kelib chiqib olib boriladi. Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon berilishi ko‘zda tutilgan, ya’ni bolaning maktabga davomati erkin bo‘ladi.

Yakuniy xulosani esa Respublika maxsus komissiyasi hal qiladi", — dedi u. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: davom etadi, qanday shaklda, Yangi o‘quv yilida, ta’lim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя