Главная » 2020 » Декабрь » 29 » Talabalarga ta’lim krediti berish tartibi o‘zgartiriladi
09:29

Talabalarga ta’lim krediti berish tartibi o‘zgartiriladi


Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilyapti. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi bilan nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisi o‘zgartiriladi.

Nizomning amaldagi tahririga muvofiq tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz stavkasi (foizsiz kredit)da beriladi.

Shuningdek, talabalarning qolgan toifalariga – 2020 yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, esa kelgusida foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmi bekor qilinishi mumkin.

Ya’ni Hukumat qarori loyihasi bilan, tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari kelgusida talabalarga bozor stavkalarida belgilanadi.

Ma’lumot uchun, ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Talabalarga, krediti, tartibi, ta’lim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя