Главная » 2017 » Июль » 29 » Psixologik test: O‘z kasbingizdan qoniqasizmi?
10:23

Psixologik test: O‘z kasbingizdan qoniqasizmi?


Bu savolga quyidagi test orqali o‘zingizni sinab ko‘rib, javob oling.

1. Hozirgi ish joyingizda qachondan beri ishlaysiz?

a) bir yildan ortiq — 1 ball;

b) uch yildan ortiq — 2 ball;

v) o‘n yildan ortiq — 2 ball;

g) bir necha oy — 1 ball.

2. Kasbiy faoliyatingizni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun o‘qish zarur deb hisoblaysizmi?

a) hozirgi holatdan qoniqaman — 0 ball;

b) mansabsiz yashay olmayman — 2 ball;

v) albatta, bundan manfaat bor — 1 ball;

g) inson har doim nimanidir o‘rgana oladi — 4 ball;

d) agar buning foydasi bo‘lsagina — 2 ball.

3. Kasbingiz imkoniyatlariga nisbatan yetarli darajada maosh olayapsizmi?

a) ha, ammo qancha to‘lashsa ham, baribir kam — 2 ball;

b) yo‘q, ammo solishtirish qiyin — 2 ball;

v) men sarflayotgan kuchga nisbatan juda kam — 1 ball;

g) maosh kam, lekin sevimli kasbimni saqlab qolish uchun yetarli — 3 ball;

d) to‘lanayotgan maoshga yarasha ishlayman — 1 ball.

4. Odatda ishga qanday kayfiyat bilan borasiz?

a) qon bosimi oshgan, tomir urish tezlashgan, qaltiragan holda — 0 ball;

b) hammasi yaxshi — 4 ball;

v) nafaqaga qancha qolganini fikran hisoblab boraman — 1 ball;

g) «nimaga qodirligimni ularga ko‘rsataman» degan kayfiyatda — 2 ball;

d) nima bo‘lsa ham ishda uydagidan yaxshiroq — 1 ball.

5. Ishdagi muammolarni yaqinlaringiz bilan muhokama qilasizmi?

a) boshlig‘ingiz haqida latifalar aytasiz — 2 ball;

b) faqat foydasi bor gaplarni gapirasiz — 1 ball;

v) bu mavzudan qochasiz — 2 ball;

g) ba’zan urinib ko‘rasiz, ammo bunday suhbatlar siz uchun qiziq emas — 1 ball.

6. Ta’til vaqtida dam olayotib, ish haqida o‘ylayotganingizni sezib qoldingiz…

a) bo‘lishi mumkin emas — 3 ball;

b) hamkasblaringiz hozir ter to‘kib ishlayotganini tasavvur qilib, kulib qo‘yasiz — 2 ball;

v) ta’til tezroq tugashini hohlaysiz — 1 ball;

g) ish haqida ijobiy xotirlaysiz, hatto hamkasblaringizga internetdan maktub jo‘natasiz — 3 ball;

7. Shu kasb bilan shug‘ullanishingizni tasavvur qilganmisiz?

a) bunday yaxshi bo‘lishini hatto orzu ham qilmagandim — 5 ball;

b) bu ish haqida aniq tasavvurga ega edim, bu joyga intilardim, hozir hammasi yaxshi — 3 ball;

v) biroz ko‘nglim qolganini sezaman — 2 ball;

g) qaerdadir ishlash kerak-ku — 1 ball.

8. Farzandlaringiz sizning kasbingizni tanlashiga rozi bo‘larmidingiz?

a) agar bunga qiziqsalar va o‘zlari tanlasalar — 5 ball;

b) ha, faqat sizdan ko‘ra yuqoriroq malakani egallashsa — 4 ball;

v) bu yo‘ldan qaytarishga urinasiz, bir oiladan bitta qurbon yetarli — 1 ball;

g) sizga baribir, lekin ular nimadan boshlashni bilmayotganiga aminsiz — 2 ball;

d) shunday bo‘lishiga umid qilasiz — 1 ball.

Natijalar:

35-25 ball. Siz uyda ham, ishda ham har qanday vaziyatdan chiqib keta olasiz. Yaxshi sifatlaringizni sezmaysiz va komilikka intilishdan charchamaysiz. Har qanday ishda o‘zingizni yaxshi sezasiz, shuning uchun siz ish tanlamaysiz. Nima ish qilmang, hammasi sizga huzur bag‘ishlaydi.

24-20 ball. Siz yaxshi ishlaysiz, lekin baribir nimadir yetmaydi. Balki, kasbiy imkoniyatlaringiz qilayotgan ishingizdan ko‘ra kattaroqdir. O‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun kichik bo‘lsa ham muvaffaqiyat kerak. Ehtimol, sizning qoniqmasligingiz shaxsiy muammolar natijasi yoki hamkasblar bilan muloqotga kirisha olmaslikdadir. O‘ylab ko‘ring, balki ishdan huzur olish uchun bir qarashda mayda, biroq siz uchun muhim aqidalarni tuzatish kerakdir.

20 balldan kam. Siz ishda qiziqishsiz ishlaydigan va o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmagan jabrdiydasiz. Sabablar ko‘p, ammo o‘zingizga ishonchni yo‘qotmagan bo‘lsangiz, yaxshisi keting. O‘ylab ko‘rgandan keyin zerikarli hayotga sabab bo‘luvchi ishdan ketishga qaror qilarsiz.

YuLDUZOY tayyorladi.


Manba: "mulohaza.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: o‘z, Kasbingiz, qoniqasizmi, Psixologik test | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя