Главная » 2022 » Сентябрь » 7 » Yashnobodda ayol o‘z hamkasbini pichoqlab o‘ldirdi
18:10

Yashnobodda ayol o‘z hamkasbini pichoqlab o‘ldirdi


2022-yilning 4-sentyabr kuni soat 00:30 larda 26 yoshli K.G.(ayol) o‘zi ishlab kelayotgan Toshkent shahar Yashnobod tumani Torariq ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida bo‘la turib, mazkur oilaviy oshxonada o‘zi bilan birga ishlovchi 28 yoshli, mast holatdagi M.S. (erkak) bilan o‘zaro janjallashib qolib, o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, oshxona pichog‘i bilan M.S.ning qorin qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Natijada, M.S. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida M.S. da “Qorin o‘ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish” kabi jarohatlar aniqlanganligi va ushbu jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K. G. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K. G. protsessual tartibda ushlangan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ayol, o‘ldirdi, hamkasbini, o‘z, Yashnobodda, pichoqlab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя