Главная » 2022 » Август » 2 » OFK Jahon chempionati va Osiyo kubogiga saralashning formatini o‘zgartirdi
19:34

OFK Jahon chempionati va Osiyo kubogiga saralashning formatini o‘zgartirdi


Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2026 yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionati va 2027 yilda o‘tkaziladigan Osiyo Kubogi saralashi formatini o‘zgartirdi. Bu haqda OFK matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, JCH-2026 ning Osiyo mintaqasidagi saralash musobaqasi to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi.

Saralashning dastlabki bosqichida, FIFA reytingida 26-o‘rindan 47-o‘ringacha bo‘lgan terma jamoalar to‘qnash keladi. Yaʼni, 22 ta terma 11 ta juftlikka ajralib, uy-safar tizimida o‘ynaydi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 11 ta terma jamoa saralashning ikkinchi bosqichiga yo‘l oladi.

Ikkinchi bosqichda, FIFA reytingidagi o‘rni eng yuqori bo‘lgan 25 ta davlatga dastlabki saralashning 11 ta g‘olib jamoasi qo‘shiladi va ular har biri 4 tadan iborat guruhga bo‘linadi. Ushbu guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 18 terma jamoa Jahon chempionatiga saralashning 3 bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu jamoalar Osiyo kubogi-2027 da ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritadi.

Mundialga saralashning uchinchi bosqichida,  yuqoridagi 18 terma jamoa 6 tadan uchta guruhga ajratiladi. Bahslar uy-safar tizimida o‘tkaziladi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblari bo‘lgan 6 ta terma jamoa Jahon chempionatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini oladi.

Yakuniy, to‘rtinchi bosqichda yuqoridagi 3 ta guruhning uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni olgan 6 ta termasi har bir uchtalik ikki guruhga bo‘linadi. Bu yerda 2 va 3-bosqichlarda bo‘lgani singari uy-safar tizimi ishlamaydi. Raqiblar o‘zaro 1 martadan to‘qnash keladi. Ikkita guruhning birinchi o‘rinni olgan terma jamoalari 2026 yili AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tuvchi mundial chiptasiga ega chiqadi. Guruhda ikkinchilikni olgan davlat vakillari o‘zaro bahslashadi. G‘olib OFK sharafini  qitʼalararo pley-off  uchrashuvida himoya qiladi.

Yuqorida taʼkidlanganidek, saralashning ikkinchi bosqichini g‘olib sifatida yakunlagan 18 ta terma jamoa 2027 yilgi Osiyo kubogiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Yana 18 ta davlat vakillari va saralashning birinchi bosqichida yaxshi natija qayd etgan 6 ta terma jamoa har biri 4 tadan bo‘lgan guruhlarga ajratiladi. Ushbu 6 ta guruhda birinchi o‘rinni egallagan davlatlarga qitʼa birinchiligi yo‘llanmasi taqdim etiladi. Shu tariqa JCH-2026 ishtirok etadigan 8 ta va OK-2027 da qatnashadigan 24 ta davlat nomi aniqlanadi.

Maʼlumot uchun, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan mundialda tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Shu sababli Osiyo qitʼasiga 8 ta kvota ajratilgan. Osiyo kubogining  2027 yilgi bahslari qaysi mamlakatda bo‘lib o‘tishi hozircha maʼlum emas.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Osiyo, Jahon, kubogiga, o‘zgartirdi, formatini, chempionati, OFK, VA, saralashning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz