Главная » 2022 » Сентябрь » 27 » Qatar Jahon chempionati uchun Rossiyadan 17 barobar ko‘p pul sarfladi
18:46

Qatar Jahon chempionati uchun Rossiyadan 17 barobar ko‘p pul sarfladi


Qatar futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionatini o‘zida qabul qilish uchun 208 milliard yevro sarflagan. Bu haqda “The Sun” nashri yozmoqda.

2018 yiligi Jahon chempionati Rossiyada o‘ykazilgan va bu musobaqa futbol tarixidagi eng qimmatlaridan biri bo‘lgan. Ruslar musobaqa uchun 13 milliard yevro sarflagan. Yaʼni, kichikkina arab davlati futbol uchun hudud jihatidan dunyoning eng yirik mamlakatidan 17 barobar ko‘proq xarajat qilgan.

2014 yili Braziliyada mundial uchun 17 milliard yevro sarflangan bo‘lsa, 2010 yilda Janubiy Afrika musobaqa uchun 4 milliard yevro sarmoya kiritgan.

Musobaqaning kommunikatsiya bo‘yicha direktori Fatma Al-Nuaymining taʼkidlashicha, Jahon chempionati Qatarning 2030 yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyot dasturining bir qismi hisoblanadi.

Al-Nuaymining so‘zlariga ko‘ra, Qatarning infratuzilmasini yaxshilash va sayyohlik obʼektlarini bunyod etish masalasi mundialni o‘tkazish huquqi qo‘lga kiritilishidan oldin ham ustuvor bo‘lgan.

“Jahon chempionati Qatarning 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy taraqqiyot loyihasining bir qismidir. Bu butun mamlakat bo‘ylab shaharlar, sanoat va turli obʼektlarni jadal rivojlantirish, taʼlim va sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat strategiyasidir. Yangi yo‘llar, metro, aeroport, mehmonxonalar va boshqa sayyohlik obʼektlari bunyod etish Jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritishimizdan oldin ham rejalashtirilgan edi. Bu infratuzilmalardan jamoalar va muxlislar ham foydalanadi”, degan Al-Nuaymi.

Maʼlumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati shu yilning 20 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: 17, sarfladi, uchun, ko‘p, Qatar, Jahon, Rossiyadan, Pul, chempionati, barobar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя