Главная » 2016 » Декабрь » 7 » O‘zbekistonda 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi
18:50

O‘zbekistonda 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi


O‘zbekistonda 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“Gazeta.uz” manbalarining ma’lum qilishicha, bu taklif O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish vaqtida O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan.

O‘zbekistonda 1997-yildan beri har bir-yilni ma’lum bir sohaga bag‘ishlash an’anaga aylangan (1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilingan). Yakuniga yetib borayotgan 2016-yil Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilingan edi.

  • 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
  • 2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
  • 2014-yil — Sog‘lom bola yili
  • 2013-yil — Obod turmush yili
  • 2012-yil — Mustahkam oila yili
  • 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2010-yil — Barkamol avlod yili
  • 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
  • 2008-yil — Yoshlar yili
  • 2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
  • 2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
  • 2005-yil — Sihat-salomatlik yili
  • 2004-yil — Mehr va muruvvat yili
  • 2003-yil — Obod mahalla yili
  • 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
  • 2001-yil — Onalar va bolalar yili
  • 2000-yil — Sog‘lom avlod yili
  • 1999-yil — Ayollar yili
  • 1998-yil — Oila yili
  • 1997-yil — Inson manfaatlari yili

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, 2017-yil, Xalq bilan muloqot va inson manfaat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя