Главная » 2022 » Август » 12 » O‘zbekistonda qancha odam ishsizligi ochiqlandi
12:21

O‘zbekistonda qancha odam ishsizligi ochiqlandi


O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 8,8 foizni yoki 1 mln 326,6 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 1 iyun holatida mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 100,8 foizga yoki 153,7 ming kishiga oshgan.  

Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 mln 773,6 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga yoki 261,3 ming kishiga oshgan.

2022 yilning 1 iyun holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln  74,4 ming kishini tashkil qilib, 2021 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kishiga oshgani kuzatilgan.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 mln 690,3 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kishiga kamaygan.

Bunda asosan, norasmiy tarzda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolarning o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi hamda bo‘sh turgan yerlarni ekin maydonlari sifatida dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun ajratib berilishi hisobiga erishilgan.

Shuningdek, xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlar 2 mln 8,8 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 528,2 ming kishiga oshishi norasmiy bandlarni kamayishiga sabab bo‘lgan.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 mln 326,6 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida  8,8 foizni tashkil etmoqda. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foizga teng.

2022 yilning 1 iyul holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 353,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  0,9 foizga yoki 38,8 ming kishiga ortgan.  

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: ishsizligi, odam, O‘zbekistonda, qancha, ochiqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя