Главная » 2017 » Март » 24 » O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili bir haftaga uzaydi
14:04

O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili bir haftaga uzaydi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rta ta’lim haqidagi yangi Nizomiga muvofiq mamlakatimiz maktablarida o‘quv yili 33 haftadan 34 haftaga uzaydi.

O‘quvchilar uchun o‘quv yilining boshqa vaqtinchalik parametrlari ham o‘zgardi. Shu bilan birga kuzgi va bahorgi ta’til muddati ham qisqardi. Mazkur muddat birinchi sinflar uchun saqlanganiga qaramay, ularga ham tuzatishlar kiritildi.

Kuzgi ta’til muddati 8 dan 6 kunga, bahorgi ta’til esa 10 dan 7 kunga qisqartirilgan bo‘lsa, qishki ta’til 11 dan 14 kunga ko‘paytirildi, deya xabar beradi UT nashri.

Birinchi sinflar uchun o‘quv yili muddati belgilangan bo‘lishiga qaramay, ularga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Ular uchun o‘quv yilining davomiylik muddati 30 haftadan 33 haftaga oshirilib, ular ilgarigidek fevral oyida qo‘shimcha ta’tilga chiqishadi.

Bu o‘zgarishlar kiritildi. Bundan tashqari, ilgari pedagogik kengash tarafidan besh kunlik qilib belgilangan o‘quv haftaligi qat’iy ravishda 6 kunlikka o‘zgardi. Hozirda faqatgina birinchi sinflarga nisbatan tegishli qaror chiqariladi.

Ayni kunda barcha maktablarda dars soati qat’iy ravishda 45 daqiqa deb, tanaffus esa 5-10 daqiqa deb belgilandi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bir haftaga uzaydi, o‘quv yili, O‘zbekiston, maktablar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя