Главная » 2022 » Май » 19 » Moʼmin Rizoning aktyorlik faoliyati "Baxt qushi" seriali
10:54

Moʼmin Rizoning aktyorlik faoliyati "Baxt qushi" seriali


Moʼmin Rizoning aktyorlik faoliyatida boshqa rollaridan tubdan ajralib turadigan roli, bu “Baxt qushi” serialidagi oʼqituvchi Botirjon obrazidir. U bu serialda bosh rolni ijro qilgan boʼlib, serialning bosh prodyuseri hamdir. 
Serial rejissyori Ibrohim Rasulov. Stsenariy muallifi Mikoyil Suleymanov. Serialda taniqli aktyorlardan Erkin Komilov, Hosiyat Husanova, Raʼno Yarasheva, Said Muxtorov, Moʼmin Rizo, Gulbahor Dadamirzaeva, Muslimbek Yoʼldoshev, Nigina Аnarbaeva va boshqa 40 dan ortiq aktyor va aktrisalar suratga tushishgan. 
Serialda Moʼmin Rizoning rafiqasi aktrisa Ziyoda Normurodova, u bilan partnyor boʼlib, xarakterli rolni ijro qilgan. 
Moʼmin Rizoning oʼzi pedagog ziyolilar oilasidan boʼlganligi uchun ham, bu serial gʼoyasi uning oʼziga tegishli boʼlib, serial mamuniga koʼra, kelajak avlod vakillariga oʼrnak boʼlayotgan oʼqituvchilar timsolini yaratish maqsadida suratga olingan. Serial stsenariysi bir yil davomida aynan Moʼmin Rizo uchun yozilgan boʼlib, uning qahramoni hammaga ibrat boʼlishga loyiq oʼqituvchi timsolidir. 
Serial mazmuniga koʼra, maktab va undagi yosh avlodga bilim berayotgan oʼqituvchilar faoliyati, mahalla, hamda oilaviy qadriyatlarni, tomoshabinlarga yetkazib berib, ularni fikr-mulohazaga chorlaydi. 
Serialning bosh qahramoni oʼqituvchi Botirjon nafaqat oʼz kasbining fidoiysi, balki sadoqatli oila boshligʼi, hamda mahallaga oʼrnak boʼlgan insondir. Oqil, fikr-mulohazali, ogʼir-bosiq, ziyoli bu oʼqituvchi, kelajak avlodga bilim berishga, har bir ishda yoshlarga namuna boʼlishga intiladi. Serialning suratga olish ishlari bir yil davom etgan boʼlib, bu vaqt ichida Moʼmin Rizo chinakamiga oʼz qahramoni hayoti bilan yashagan. 
Suratga olish kunlarida, togʼ yon-bagʼrida joylashgan dala-hovlilarning birida suratga olish jarayonida, aktyor Moʼmin Rizo rolga azbaroyi kirishib ketganidan haqiqiy falokat sodir boʼlishiga oz qolgan. Serialdagi voqeaga koʼra, dala-hovliga shahardan oʼz oʼquvchisini qutqarish uchun kelgan Botirjon, oʼgʼrilar toʼdasi bilan kurashishi kerak edi. Sʼyomka jarayonida, Moʼmin Rizo oʼqituvchi Botirjon obrazida, oʼgʼrilar rolini ijro qilgan aktyorlarning har biri bilan mushtlashayotgan vaqtida, buni rolь ekanligini yodidan chiqarib, rolni yurakdan ijro qilganidan, oʼgʼri rolini ijro qilayotgan ijrochilardan birining qoʼlini chinakamiga sindirib qoʼygan. Аlbatta, bu koʼngilsizlik. Аmmo, aktyor oʼsha lahzalarda oʼsha oʼqituvchi Botirjon rolida yashab, chinakamiga oʼz oʼquvchisini oʼgʼrilardan himoya qilishni oʼylagan. Shuning uchun ham, bu koʼngilsizlik sodir boʼlishiga sabab, aktyor oʼz rolini yurakdan his qilib ijro qilganidadir. 
Oʼqituvchi Botirjon rolida Moʼmin Rizo, ziyolilar nafaqat ilmli, fidoiy, mehribon, balki, vaqti kelsa, oʼz oʼquvchilari himoyasi uchun otlanishga shay mard va jasur insonlar boʼlishini ham isbotlab bergan. 
Аktyor serial davomida oʼz qahramonining ichki kechinmalari, oʼz oilasiga boʼlgan mehru vafosi, hamda oʼz kasbiga boʼlgan sadoqatini toʼla-toʼkis namoyish etgan. 
Аktyorning bu obrazi va mazkur serial, tomoshabinlarda oʼqituvchilik kasbining mashaqqatli tomonlarigacha ochib bergan holatda, bu kasbga nisbatan chuqur mehr va hurmatning oshishiga sabab boʼladi. 
“Baxt qushi” seriali tez kunlarda Telekanallardan birida namoyish etilishi kutilmoqda.

Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Baxt qushi, faoliyati, SERIALI, aktyorlik, Moʼmin Rizoning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя