Главная » 2022 » Сентябрь » 13 » “Kalmar o‘yini” seriali aktyori “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi
11:23

“Kalmar o‘yini” seriali aktyori “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi


Bugun, 13-sentabr kuni Los-Anjelesda 74-bor “Emmi” mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda “Kalmar o‘yini” seriali ishtirokchilari ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Hakamlar hay’ati “Emmi” mukofoti uchun janubiy koreyalik Li Jong Chjeni (Song Ji-Xun, 456-ishtirokchi) “Eng yaxshi erkak aktyor”, Xvan Dong Xyuk (serial rejissyori) esa “Eng yaxshi rejissyor” nominasiyasiga loyiq, deb topdi.

Qayd etilishicha, Li eng yaxshi bosh rol ijrochisi nominasiyasida g‘olib chiqqan birinchi Janubiy Koreya aktyori sifatida qayd etildi. Xvang esa drama serialidagi eng yaxshi rejissyor sifatidagi “Emmi” uning faoliyatida oxirgisi bo‘lmasligiga umid qilishini ma’lum qildi.

U ushbu tanlovda Jeyson Beytman (Ozark), Brayan Koks va Jeremi Strong (“Merosxo‘rlar”), Bob Odenkirk (“Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qil”) va Adam Skottni (“Divizion”) ortda qoldirdi.

Shuningdek, “Emmi” mukofoti:

Eng yaxshi mini-serial – “Oq lotus”

Eng yaxshi komediya seriali – “Ted Lasso”

Eng yaxshi dramatik serial – “Avlodlar”

Drama serialidagi eng yaxshi aktrisa ayol – Zendaya (“Eyforiya”)

Drama serialidagi eng yaxshi erkak bosh rol ijrochisi – Li Jong Chje (“Kalmar o‘yini”)

Mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa – Amanda Seyfrid (“Quvilgan”)

Miniserialdagi eng yaxshi aktyor – Maykl Kiton (“Sindirish”)

Komediya serialidagi aktrisaning ajoyib ijrosi – Jan Smart (“Ayyorlik”)

Komediya serialidagi eng yaxshi bosh aktyor – Jeyson Sudeikisga (“Ted Lasso”) berildi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: SERIALI, Kalmar, o‘yini, qo‘lga, Emmi, aktyori, kiritdi, mukofotini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя