Главная » 2020 » Май » 3 » Karantinda qancha odam qoldi?
13:41

Karantinda qancha odam qoldi?


O‘zbekistonda hozirda 59 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda saqlanmoqda. Bu haqda bugun, 3 may kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“59 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatini o‘tayapti. Ularning 45 ming nafari uy sharoitida, 14 mingdan ziyodi statsionar sharoitda karantinga olingan“ deydi Nurmat Otabekov.

Shuningdek, hozirda hududlarda davolanayotgan bemorlarning ahvoli yuzasidan ham ma’lumot berilgan. Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda 847 bemor davolash muolajalarini olyapti. Ulardan 12 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Ma’lum qilinishicha, Bemorlarning 60 foizi sog‘aygan, Ular reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 2 may kuni 12 mingdan ko‘proq laboratoriya tekshiruvi amalga oshirildi. Shu paytga qadar 317 mingdan ko‘proq holatda virusologik tekshiruvlar o‘tkazilgani ta’kidlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qoldi, qancha odam, Karantinda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя