Главная » 2021 » Октябрь » 7 » Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartiradi. Uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda
12:28

Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartiradi. Uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda


Netflix striming servisi butun dunyoda mashhurlikka erishgan “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan tashrif qog‘ozidagi telefon raqamni tahrirlaydi. Bunga ushbu telefon raqamning haqiqiy egasi kuniga minglab qo‘ng‘iroq va SMS olayotgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Esquire.

Janubiy Koreya shousining qahramonlari og‘ir moliyaviy qiyinchilikka uchragan bo‘lib, katta pul mukofoti uchun omon qolish o‘yinida ishtirokini tashrif qog‘ozidagi raqam orqali tasdiqlashi kerak. Ushbu raqamning haqiqiy egasi so‘zlariga ko‘ra, hozirda unga kecha-yu kunduz noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, o‘yinga qo‘shilishga tayyorligini bildirmoqda, buning oqibatida telefon quvvati yarim kunga ham yetmayapti.

Reuters’ning ma’lum qilishicha, raqami “tarqalib ketgan” ayol tadbirkor Kim Gil Yon bo‘lib, shuningdek, u matnli xabarlar ham yog‘ilib kelayotganidan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, ayol mijozlari bilan aloqalari sabab raqamini o‘zgartira olmaydi.

Yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun ayolga dastlab 480 dollar miqdorida kompensatsiya taklif qilingan, keyinroq ushbu summa 4,2 ming dollarga chiqqan, ammo u rad etgan. Bundan tashqari, Janubiy Koreya prezidentligiga nomzod Xeo Kyong Yang tadbirkordan uning telefon raqamini 84 ming dollarga sotib olish taklifini bergan, biroq u ham rad javobini olgan.

Noma’lum shaxslar qo‘ng‘irog‘idan serialda ko‘rsatilgan raqamdan bittaga farq qiluvchi telefon raqami egalari ham jabr ko‘rmoqda. Netflix hozirda tomoshabinlardan “Kalmar o‘yini”dagi tashrif qog‘ozida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilmaslikni so‘rayapti. Kompaniyadagilarning aytishicha, ular ataylab shouda so‘nggi sakkizta raqamni ko‘rsatgan, biroq uni terish vaqtida prefiks avtomatik qo‘shilib qolishini bilmagan.

Avvalroq Jeff Bezos Netflix’ni “Kalmar o‘yini” uchun maqtagani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Netflix, o‘yini, qo‘ng‘iroq, Kalmar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя