Главная » 2017 » Август » 21 » Ispaniyada musulmonlarga qarshi harakatlar avj oldi
15:19

Ispaniyada musulmonlarga qarshi harakatlar avj oldi


Ispaniyaning qator shaharlarida mamlakatda sodir etilgan so‘nggi teraktlar munosabati bilan maxalliy musulmon jamoalariga nisbatan norozilik namoyishlari kuchayib bormoqda. Hozirda mamlakat bo‘ylab ana shunday ruhdagi aksiyalar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Granada shahrida joylashgan masjidga radikal kayfiyatdagi yoshlar guruhi tomonidan hujum uyushtirilgan. Hujum oqibatida masjidning bir qismi yoqib yuborilgan. Bu haqda Britaniya nashlari xabar berdi.

Namoyishchilar ko‘tarib olgan bannerlarda “Bu masjid qurilishini moliyalashtirgan odam terrorizmni moliyalashtirgan. Nega hukumat jim?” kabi jumlalarni ko‘rish mumkin. Ispaniya polisiyasi vaziyatni nazorat qilishga urinmoqda. Ular namoyishchilarni tartibni saqlashga chaqirgan, ayrim tartibbuzarlar esa qo‘lga olingan.

Musulmon jamoalariga tahdid qiluvchi yozuvli bannerlar Logrono, Monblan, Andalusiya shaharlaridagi masjidlarning devorlarida ham paydo bo‘lgan.

Ma’lumki, shu yilning 17-18 avgust kunlari Ispaniyaning Kataloniya hududida terrorchilik huruji sodir etilgan edi.

Ushbu voqeadan keyin, maxalliy musulmon jamoalari teraktni qoralab aksiya o‘tkazganlar va o‘zlarining terrorchi emasliklari haqida jar solganlar. Biroq, ko‘rinib turibdiki bu tadbirlar ham ularga qarshi tahdidlardan qutqara olmagan.

Ma’lumot uchun, Ispaniyada ikki milliondan ortiq islom diniga e’tiqod qiluvchi odamlar istiqomat qiladi.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qarshi harakatlar, avj oldi, musulmonlarga, Ispaniyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя