Главная » 2020 » Апрель » 28 » Ispaniyada yosh bolaga birato‘la oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazildi
19:48

Ispaniyada yosh bolaga birato‘la oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazildi


Ispaniyada oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazilgan bola shifoxonadan chiqdi. U bu operatsiyani o‘ziyam uch yil kutgandi, deya xabar berdi«Europa Press» agentligi.

Oshqozon, jigar, o‘n ikki barmoq ichak, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak qismi, oshqozonosti bezi fevralning oxirida Madridning «Hospital La Paz» shifoxonasida ko‘chirib o‘tkazildi. O‘tgan juma kuni bolakay shifoxona bilan xayrlashdi.

Agentlikning yozishicha, barselonalik Viktor ismli bolakay uch yildan beri donor a’zolarini kutayotganlar ro‘yxatida bo‘lgan. Shu vaqt davomida hayotini saqlab qolish uchun kuniga 18 soatlab parenteral oziqlanishni ta’minlovchi apparatga ulab qo‘yilgan.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, homiladorlikning 27-haftasida bolasiga nimadir bo‘lganini ma’lum qilishgan.

«UTTdan so‘ng bolada gastroshizis (old qorin devori tug‘ma nuqsoni: qorin bo‘shlig‘i yorig‘i orqali ichak o‘rami va boshqa a’zolar chiqib qolishi) ekanligini aytishdi», — dedi bolakayning onasi.

Madrid shifoxonasining transplantologiya bo‘limi boshlig‘i Ester Ramosning aytishicha, «nima bo‘lishiga qaramay, Viktorning dinamikasi benuqson edi».

«U intensiv terapiya bo‘limida juda oz fursat bo‘ldi. A’zolar ko‘chirib o‘tkazilgandan so‘ng ikki oy o‘tar-o‘tmas shifoxonadan chiqarildi», — dedi shifokor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: a’zo, Ispaniyada, ko‘chirib o‘tkazildi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя