Главная » 2018 » Май » 17 » “Ichkarida” qahramoni SARP ichkariga mahkum etildi
18:57

“Ichkarida” qahramoni SARP ichkariga mahkum etildi


“Ichkarida” seriali bosh qahramoni Sarp rolini ijro etgan Chag‘otoy Ulusoy ustidan sud hukmi o‘qildi. U bilan birga Turkiyaning yana ikki nafar taniqli shaxslari - Gizem Karaja va Jenk Erenga nisbatan ham qora ishlariga munosib jazo tayinlandi.

Gap shundaki, har uch san’atkor Turkiya Jinoyat kodeksining “giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun” moddasi bilan aybdor deb topildi. Bu haqda “Haber7” nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “Ichkarida” o‘z kasbini o‘zgartirib, jamiyatni qora kuchlardan tozalash uchun jonini fido qilishga ham tayyor Sarpni ijro etgan Chag‘otoy Ulusoy bir necha yillardan beri “qora dori” biznesini yuritib kelayotganligi aniqlangan. Unga sud 4 yilu 2 oy qamoq jazosi tayinladi.

“Muhtasham yuz yil” va “Sevgi iztirobi” serialllari orqali o‘zbek tomoshabinlariga tanish Gizem Karaja ham xuddi shu biznes turini “gullatish”dagi ishtiroki uchun shuncha yil vaqtini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Taniqli xonanda Jen Eren esa “hamtovoqlari”dan ko‘ra ko‘proq ozodlikdan mahrum etildi. U endi 6 yilu 3 oylik umrini qamoqda o‘tkazadi. Sud vakilining aytishicha, jazo tayinlashda jinoyatchilarning mashhurligi inobatga olinmagan.

“Chunki qonun barcha uchun barobar. Ular belgilangan jazoni o‘tashga majburdirlar”, deydi sud vakili.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Ichkarida, mahkum etildi, Sarp, ichkariga, qahramon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя