Главная » 2022 » Август » 30 » Samarqandda tungi klub “oxrana”lari mijozlarni ichkariga kirgazmay kaltakladi
12:05

Samarqandda tungi klub “oxrana”lari mijozlarni ichkariga kirgazmay kaltakladi


Samarqand viloyatida tungi klubda janjal qilgan barcha shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7-avgust kuni fuqaro E.B. o‘zining tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan “Bassiane” nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi bo‘lgan.

Ammo, shu vaqtda klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan. Keyin, bir guruh sheriklari bilan ularni urib, tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, janjalda bir kishi vafot etganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M. va boshqa shaxslarga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqandda, tungi, oxranalari, mijozlarni, kirgazmay, ichkariga, kaltakladi, Klub | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя