Главная » 2022 » Октябрь » 4 » Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari maʼlum qilindi
18:18

Dunyoning eng qimmat tarkibga ega klublari maʼlum qilindi


Angliyaning “Manchester Siti” klubi dunyoning eng qimmat tarkibga ega futbol jamoasi, deb topildi. “Shaharliklar” safidagi futbolchilarning umumiy bahosi 1,1 milliard yevroga tengdir. Bu haqda “Transfermarkt” portali yozmoqda.

“Siti” tarkibida birgina Erling Xolandning o‘zi 150 million yevroga baholanmoqda. Shuningdek, Fil Foden 90 million yevroga baholanayotgan bo‘lsa, Kevin De Bryuynening transfer narxi 85 million yevro etib belgilangan.

Ikkinchi pog‘onaga Angliyaning boshqa bir klubi “Liverpul” joylashgan. “Qizillar”ning futbolchilariga 925 million yevroli narx berilgan. “Liverpul”ning eng qimmat futbolchisi Muhammad Saloh hisoblanadi. Misrlik hujumchi 90 million yevroga baholanadi. Luis Dias va Trent Aleksander-Arnoldga 75 va 80 million yevroli narx beriligan.

Kuchli uchlikka Fransiyaning gigant klubi PSJ yakun yasab bergan. Parij yulduzlarining umumiy qiymati 890 million yevroga tengdir. PSJ tarkibidagi Kilian Mbappening transfer bahosi 160 million yevro etib belgilangan. Kilian ayni vaqtda sayyoramizning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.

Shuningdek, “Real Madrid” 838 million yevroli narx bilan 6-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, “Barselona” 7-o‘rinni band qilib turibdi. Kataloniya klubi futbolchilarning umumiy narxi 814 million yevroni tashkil qiladi.

Umuman olganda, sayyoramizning eng qimmat 20 ta klubidan naqd  8 tasi ingliz klublaridir.

“Transfermarkt” talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat 10 ta klubi bilan tanishing:

1. “Manchester Siti” (davlat – Angiliya), (narx – 1,1 milliard yevro);

2. “Liverpul” (Angliya), (925 million yevro);

3. PSJ (Fransiya), (890 million yevro);

4. “Bavariya” (Germaniya), (879 million yevro);

5. “Chelsi” (Angliya), (862 million yevro);

6. “Real Madrid” (Ispaniya), (838 million yevro);

7. “Barselona” (Ispaniya), (814 million yevro);

8. “Manchester Yunayted” (Angliya), (798 million yevro);

9. “Tottenxem” (Angliya), (685 million yevro);

10. “Arsenal” (Angliya), (666 million yevro);

11. “Atletiko Madrid” (Ispaniya), (612 million yevro);

12. “Inter” (Italiya), (593 million yevro);

13. “Milan” (Italiya), (551 million yevro);

14. “Aston Villa” (Angliya), (506 million yevro);

15. “Yuventus” (Italiya), (502 million yevro);

16. “RB Leypsig” (Germaniya), (484 million yevro);

17. “Borussiya Dortmund” (Germaniya), (483 million yevro);

18. “Napoli” (Italiya), (481 million yevro);

19. “Vest Xem” (Angliya), (472 million yevro);

20. Bayer (Germaniya), (470 million yevro).

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: EGA, qilindi, klublari, Dunyoning, qimmat, maʼlum, eng, tarkibga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя