Главная » 2022 » Сентябрь » 22 » "Barsa" tarixidagi eng omadsiz transferlar ma'lum qilindi
14:41

"Barsa" tarixidagi eng omadsiz transferlar ma'lum qilindi


Braziliya terma jamoasi va Angliyaning “Aston Villa” klubi futbolchisi Filippe Koutino “Barselona” jamoasining tarixidagi eng omadsiz transfer, deb topildi. Bu haqda “Goal” nashri yozmoqda.

Filippe uchun Kataloniya klubi “Liverpul”ning hisob raqamiga 120 million yevro naqd hamda 40 million yevro turli ko‘rinishdagi bonuslarni o‘tkazib bergan.

Ikkinchi o‘rinda Antuan Grizman qayd etilgan. “Ko‘k anorranglilar” fransiyalik futbolchi uchun 120 million yevro to‘lagan. Ammo Grizman “Barsa”da o‘zini ko‘rsata olmadi. Natijada, klub futbolchini “Atletiko”ga ijara asosida qaytarib yubordi. Madrid klubi esa Antuanni 40 million yevro evaziga ham sotib olmoqchi emas. Shunday qilib, “Barsa” Grizmanning ijara muddati yakunlangach, uni ortga qaytaradi yoki “matraschilar" taklif qilgan arzimas “choy chaqani” qabul qiladi.

Zlatan Ibragimovich qaysi jamoada harakat qilmasin yetakchi bo‘lgan. Ammo “Barsa” safiga o‘tgan paytlarida Lionel Messi bilan hech qanaqasiga raqobat qilolmasdi. Kataloniya klubi Zlatan uchun 69,5 million yevro pul to‘lagan edi. 2010 yilning yozida Ibragimovich “Milan”ga 46 million yevro evaziga sotib yuborildi. Yuqoridagi ikki transferdan farqli ravishda shvetsiyalik futbolchi “Barselona”ga ulkan moliyaviy zarar olib kelmadi.

“Goal” talqiniga ko‘ra, “Barselona” tarixidagi eng omadsiz 15 ta transfer bilan tanishing:

1. Filippe Koutino (qaysi jamoaga qancha pul to‘lagani – “Liverpul” 120 + 40 million yevro);
2. Antuan Grizman (“Atletiko” 120 million yevro);
3. Zlatan Ibragimovich (“Inter” 69,5 million yevro);
4. Martin Breytueyt (“Leganes” 18 million yevro);
5. Miralem Pyanich (“Yuventus”, Artur);
6. Keyrrison (“Palmeyras” 14 million yevro);
7. Dmitriy Chigrinskiy (“Shaxter” 25 million yevro);
8. Aleksandr Gleb (“Arsenal” 17 million yevro);
9. Jovanni (“Kruzeyro” za 18 million yevro);
10. Andre Gomesh (“Valensiya” 35 million yevro);
11. Aleksandr Song (“Arsenal” 18 million yevro);
12. Kristof Dyugarri (“Milan”);
13. Duglas Pereyra (“San-Paulu” 4 million yevro);
14. Nelson Semedu (“Benfika” 30 million yevro);
15. Emmanuel Peti (“Arsenal”).

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ma'lum, qilindi, tarixidagi, eng, transferlar, Omadsiz, Barsa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя