Bugun 21 avgust – yilning 233-kuni. Yil yakuniga 132 kun qoldi.
Bayramlar
Argentina – General San-Martinni xotirlash kuni.
Voqealar
1803 yil – Avstraliyaning “Sydney Gazette” gazetasi jahonda birinchi bo‘lib koala haqida batafsil ma’lumot berdi.
1825 yil – Odessa shahrida qadimiy muzey ochildi.
1841 yil – Jon Xempton jalyuzi uchun patent oldi.
1860 yil – Britaniya Kolumbiyasida oltin topildi.
1877 yil – Turkiya armiyasi Shipkaga hujum qildi.
1959 yil – Gavayi oroli AQShning 50 chi shtatiga aylandi.
1965 yil – Angliya futbolida ilk bor o‘yin davomida o‘yinchi almashtirishga ruxsat berildi.
1976 yil – Fransiyada pank-rok nomli birinchi Yevropa festivali boshlandi.
1981 yil – Olimlar ilk bor Yerdagi global isish tahdidi haqida xabar berishdi.
1991 yil – Latviya o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
1993 yil – Noma’lum sabablarga ko‘ra, Mars Observer kosmik kemasi g‘oyib bo‘ldi.
Tug‘ilganlar
1754 yil – Uilyam Merdok, ingliz ixtirochisi.
1871 yil – Leonid Andreyev, rus yozuvchisi.
1872 yil – Obri Berdsley, ingliz rassomi va shoiri.
1906 yil – Fris Freleng, amerikalik multiplikator.
1908 yil – Aleksandr Avdeenko, yozuvchi.
1909 yil – Nikolay Nikolaevich Bogolyubov, matematik, mexanik va fizik, akademik.
1924 yil – Jek Ueston, amerikalik aktyor.
1925 yil – Moris Piala, fransuz kinorejissyori.
1930 yil – Frenk Perri, amerikalik kinorejissyor.
1932 yil – Melvin Van Piblz, amerikalik kinorejissyor.
1944 yil – Piter Uir, avstraliyalik kinorejissyor.
1967 yil – Kerri-Enn Moss, kanadalik kinoaktrisa.
1973 yil – Sergey Brin, amerikalik milliarder, Google qidiruv tizimi asoschilaridan biri.
1975 yil – Alisiya Uitt, amerikalik aktrisa va xonanda.
1988 yil – Robert Levandovskiy, polshalik futbolchi.
1989 yil – Xeyden Panetter, amerikalik kinoaktrisa va xonanda.
Vafot etganlar
1838 yil – Adelbert Shamisso, nemis yozuvchisi.
1927 yil – Uilyam Byornsayd, ingliz matematigi.
1943 yil – Xenrik Pontoppidan, daniyalik yozuvchi.
1997 yil – Yuriy Nikulin, rossiyalik aktyor, yumorist.
1999 yil – Venya Drkin, shoir, musiqachi.
Nigina Hakimova